bahribayt - She’r aytishish oʻyini boʻlib, unga koʻra taraflardan biri bir band she’r aytadi, ikkinchi biri shu she’rning oxirgi tovushidan boshlanadigan she’riy band bilan javob beradi. Misol: Madrasada Mulla Shomuhammad oxindan dars olib yurgan mahalimda bahribayt aytishardik. (M.Osim, Tilsiz guvoh)