nard(a) - Oʻyin turi raqib tomonlarning shashkalarni oʻyin taxtasining ikki qarama-qarshi tomoniga joylashtirib, ularni oʻrtaga otilayotgan soqqalarning koʻrsatkichlari (xollari)ga qarab uyacha (katak)lar boʻyicha surib, uyachalarni tezroq toʻldirishidan iborat qadimgi oʻyin va shu oʻyin uchun kerak boʻladigan narsalar yigʻmasi. Misol: Nard oʻynamoq.
Nardani tezroq olib kel.