sandal - 1) Xonaning chekkaroq yeriga qurilgan chuqurcha, unga qoʻyiladigan pastak kursi va ustiga yopiladigan koʻrpa, mahalliy isitish qurilmasi; tancha (qish sovugʻida sandal oyoq-qoʻl isitish uchun xizmat qiladi, ayni paytda undan yemak stoli sifatida foydalaniladi);
2) tag charmi yupqa, poshnasiz yengil oyoq kiyimi; sandalet, shippak. Misol: 1) Bu uydagi sandal atrofiga shohi va atlas koʻrpachalar toʻshalgan, katta-katta parqu yostiqlar qoʻyilgan. (A.Qahhor, Qoʻshchinor)