supa - 1) Hovli, bogʻ va umuman ochiq yerda oʻtirish, yotish-turish uchun tuproqdan chorburchak shaklida koʻtarib qurilgan joy;
2) Umuman chorburchak shaklidagi yerdan baland joy yoki qurilma. Misol: Hovuzning boʻyidagi supada, daraxtlarning koʻlankasida, atrofga suvni qalin septirib, Salimboyvachcha yotar edi. (Oybek, Qutlugʻ qon)