chalpak - Chalpaklar asosan oddiy oshxamirdan tayyorlanib, yupqa dumaloq qilib yoyiladi va bu yupqa pishiriqlar koʻproq yogʻda qovuriladi. Tayyor boʻlgach sariyogʻ yoki shaker sepib iste’mol qilinadi. Misol: Qani bolalar qoʻlingizni yuvingda dasturxon atrofiga oʻtiring. Momongiz sizlarga chalpak pishirdi. Bir toʻyib yeb olinglar qoʻzichoqlarim, keyin yana oʻynayverasiz.