chillak - 1) Bitta uzun, bitta kalta yogʻoch bilan oʻynaladigan oʻyini va shu oʻyinda xizmat qiladigan ingichka yogʻoch;
2)Barrak ipi oʻraladigan qisqa choʻp
Misol:
1) Buzoq, echki, qoʻzi boqib, toʻp tepishib, varrak uchirib, chillak oʻynashib yurgan bosh yalang, oyoq yalang bolalar. (H.Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar);
2) Shamol turganda qorongʻi kechalarning qoq yarmisida boʻlsa ham chillakdagi ipning hammasini qoʻyib, ustunga bogʻlayman. (Oybek, Bolalik)