Ko‘pchiligimiz dushanbani og‘ir kun deymiz, shanba va yakshanba kunlarini esa dam olish kunlari hisoblaymiz va ish qilmaslikka harakat qilamiz. Lekin aslida ham shundaymi? Umuman, hafta kunlari ish jarayonimizga qay jihatdan ta’sir ko‘rsatadi? Bu borada ayrim psixologlar tomonidan taklif etilayotgan quyidagi tavsiyalar sizning ish kunlaringizni yanada unumli va samarali bo‘lishiga yordam berishi mumkin.
Dushanba. Yurak xurujlarining aksariyat qismi aynan dushanba kuni ro‘y beradi. Bunga sabab, dam olish kunlari biz hayot ritmimizni tubdan o‘zgartiramiz, keyin esa ish haftasi boshlanadi va biz dam olish kunlari esdan chiqargan ish kunini yana tiklashga harakat qilamiz. Shu bois, dam olish kunlarini ham haftaning boshqa kunlaridagi kabi o‘tkazishga harakat qilish kerak.
Seshanba. Bu kuni jismoniy ko‘rsatkichlar o‘z cho‘qqisiga yetadi, yuragingiz yengillashadi, barcha ishlar esa o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. Shuningdek, seshanba yaqin kishingiz bilan muhim masalalar xususida gaplashish yaxshi natija beradi.
Chorshanba. Amerikalik xronobiologlar chorshanbani “qiziqqonlar kuni” deyishadi. Statistikaga ko‘ra, aynan hafta o‘rtasida boshliqning stoli ustiga bo‘shash haqida juda ko‘p ariza kelib tusharkan. Bu kuni, albatta, soat birga yaqin ko‘chani aylanib keling, yomg‘irli ob-havoda kulib chiqqan quyosh asablaringizga yaxshi ta’sir qiladi.
Payshanba. Payshanba kuni hafta birdaniga “tugay boshlaydi”. Shu sababli payshanba kuni ertalabdan boshlab kayfiyatimiz ustida ishlashimiz kerak. Bunda bizga xushbo‘y moylar to‘plami yordam berishi mumkin.
Juma. Statistikaga ko‘ra, juma kuni kechki soat sakkizdan shanba kuni soat uchgacha eng qaynoq sevgi izhorlari yangrab, aqlga sig‘maydigan sirlar fosh bo‘lar ekan.
Shanba. Uni “gastrit kuni” ham deyishadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, haftaning oltinchi kuni eng “to‘yimli” hisoblanadi, ya’ni bu kuni yeyiladigan ovqat miqdori birdaniga oshadi. Sababi, odam oilasi yoki do‘stlari bilan mehmonga borishi va u yerda odatdagidan ko‘proq ovqat yeyishi mumkin.
Yakshanba. Hordiq chiqarish uchun ideal kun, ertalabdan sport bilan shug‘ullanish, keyin fitobarda o‘tirish, so‘ngra esa istirohat bog‘ida aylanib, kitob o‘qish mutaxassislar nazarida to‘g‘ri hisoblanadi.
[Manba: mulohaza.uz]