Dialoglar

Oʻzbekiston joʻgʻrofiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta Osiyoning markazida joylashgan. Respublika 5 ta mamlakat bilan chegaradosh: shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradosh. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi oʻziga xos past tekislik va togʻ relefini oʻz ichiga oladi hamda Tyanshan va Pomir togʻ tizmalari va bepoyon Qizilqum choʻllaridan iborat. Mamlakat yerosti boyliklari tabiiy gaz, qoʻngʻir va toshkoʻmir, oltin, mis va ochiq neft konlari zahirasiga ega. Oʻzbekiston iqlimi keskin oʻzgaruvchan kontinental iqlimdir. Mamlakat faunasi juda turli-tuman. Mamlakatning eng yirik daryolari – Amudaryo va Sirdaryo. Respublika maydonining 1/5 qismini togʻ va togʻ oldi hududi tashkil etadi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, unda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Aholining qariyb 80% qismi oʻzbeklardir.