Gerbimiz “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun asosida tasdiqlab qoʻyilgan boʻlib, mazkur Qonun1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerbimiz gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerbimizning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbimizning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.