Dialoglar

Oilamiz

Mening ismim Javohir. Men sizlarga oilamiz haqida soʻzlab beraman. Biz oilamiz bilan togʻli hududda istiqomat qilamiz. Oilamiz juda katta boʻlgani uchun uyimiz ham togʻning etagida katta hududni egallagan. Men katta hovlida bobom, buvim, dadam, oyim, ikkita akam, kenja singlim bilan yashayman. Katta akam turmush qurgan, kelinoyim va jiyanlarim ham biz bilan birga yashaydi. Bizga qoʻshni hovlida amakim oilasi bilan turadi. Amakim xotini, qizi va oʻgʻli bilan yashaydi. Ammam ham oqra tomondagi hovliga kelin boʻlgan. Ularning farzandlari yoʻq. Ammam qaynotasi va qaynonasi bilan birga yashaydi. Bizning qarindoshlarimiz juda ahil-inoq. Dadamning aka-ukalari va opa-singillari bilan ahilligi bizga ham oʻrnak boʻladi. Bundan tashqari, oyimning ham xolalarim va togʻalarim bilan mehr-oqibatliligi bizning tarbiymizga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Biz farzandlar ham barchamiz ahil-inoqlikda ulgʻaymoqdamiz.