Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolajonlarga ranglarni bir-biridan ajratish, ranglarni tanitish mashgʻulotlari olib boriladi. Bunda ularga kamalak rasmlari tushirilgan tasvirlar katta yordam beradi. Bolalar lego oʻyinchoqlaridan foydalanib turli narsalar yasaydilar. Masalan, uycha yasashi uchun legoning boʻlaklari turli ranglarda berilgan boʻlib, uyning tomlari qizil va sariq ranglarda, deraza va eshiklari oq rangda, devorlari uchun ajratilgan boʻlaklar esa koʻk, yashil, binafsha ranglarda boʻlishi mumkin. Kamalakdek serjilo ranglardan foydalanib yasalgan uychalar bolajonlarga nafaqat ranglarni tez ajratib olishlarida, ularning aqliy rivojlanishlarida ham katta yordam beradi.