PZ – 2020042022 Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish loyiha doirasida mamlakatimizda turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tatar t ilida so‘zlashuvchi aholi uchun o‘zbek tili bilan birga o‘z ona tillarini, qardosh turkiy xalqlar tilini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tatar tilidagi lingvodidaktik materiallar, audio va videoroliklarni o‘zida jamlagan elektron platforma yaratiladi
o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, tatar tillari grammatikasini o‘rganishning yaxlit (qiyosiy) grammatikasini yaratish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun “Turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi” nomli elektron monografiya yaratiladi hamda platformaga joylashtiriladi, nashrga tayyorlanadi.Mamlakatimizda qardosh turkiy xalqlar tillarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan elektron platforma orqali mamlakatimizdagi ichki va tashqi turizmni rivojlantirish;
“Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi huzuridagi milliy madaniy markazlar (qozoq, qirg‘iz, tatar-boshqird, turk, ozarbayjon milliy madaniy markazlari) hamda xorijdagi vatandoshlarning jamoat tashkilotlari uchun ham zarur manba bo‘ladi.
2020-2022-yillarga mo‘ljallangan PZ – 2020042022 Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish amaliy loyiha doirasida (1 500 000 000 so‘m)
Normurodova Nozliya Zarilovna