Dialoglar

Ko'chada

— Assalomu alaykum!

— Va alaykum assalom!

— Menga "Xalqlar do'stligi" bekatiga boradigan yo'lni ko'rsatib yuboring, iltimos.

— Marhamat, hozir mana shu yo'l oxirigacha borib, chapga qayrilasiz.

— Rahmat! Yordamingizdan minnatdorman!

— Siz mehmonmisiz?

— Ha, men Xivadanman. Toshkentga birinchi marta keldim.

— Yaqinda keldingizmi?

— Ha hozirgina!

— Xush kelibsiz! Toshkent—juda chiroyli shahar. Muzey va kinolarga borishni unutmang! Kuningiz xayrli bo'lsin!

— Salomat bo'ling!

— Salomat bo'ling!

Mehmonxonada

—Assalomu alaykum!

— Assalomu alaykum, xush kelibsiz!

— Menga 2 kunlik xona kerak.

— Bir o'zingizmi?

— Yo'q, sherigim bor.

— Hujjatlaringizni bera olasizmi, iltimos!

— Albatta, marhamat.

— Siz turkiyalikmisiz?

— Ha, O'zbekistonga sayohat uchun keldim.

— Juda ajoyib, janob. Merhaba!

— Mamnunman!

— Bizning mehmonxonamizda barcha sharoitlar bor. Chapdan liftda 512-xonaga joylashishingiz mumkin. Sizga xodimimiz yordamlashib yuboradi.

— Rahmat! Sog'lik tilayman!

— Salomat bo'ling!

Shifoxonada

—Assalomu alaykum.

— Assalomu alaykum, xush kelibsiz? Sizni nima bezovta qilyapti?

— Boshimda ba'zan kuchli og'riq paydo bo'ladi. Keyin boshim aylanadi.

— Yoshingiz?

— 56 da.

— Xo'sh, qachondan buyon bu hol yuz beryapti?

— Taxminan 15 kunlar bo'ldi.

— Ilgari ham sizda shunday holat kuzatilganmi?

— Yo'q.

— Boshingiz og'riganda yuragingiz ham qattiq uradimi?

— Ha! Juda qattiq uradi.

— Qon bosimingiz ko'tarilgan. Bu keksalik alomatlaridan biri. Ko'proq suv va suyuq taomlar iste'mol qiling. Xotirjam yurishga harakat qiling. Mana bu dorilarni yozilgan vaqtiga qarab iching. Tuzalib keting!

— Rahmat, doktor!

—Salomat bo'ling.

Kutubxonada

—Assalomu alaykum!

—Assalomu alaykum, xush kelibsiz!

— Menga qiziqarliroq asar bera olasizmi, iltimos?

— Qaysi yo'nalishdagi asarlarga qiziqasiz?

— ...

— Tarixiy, detektiv, sarguzasht, fantastik, romantik?

— Men  oxirgi marta Tohir Malikning "Shaytanat" asarini sevib o'qigandim.

— Yaxshi, unda sizga detektiv asarlardan tavsiya qilishim mumkin.

— Jahon adabiyotidan detektiv asarlar bormi?

— Ha, Konan Doylning "Sherlok Xolms" detektiv asari bor.

—Menga shuni olib bera olasizmi?

— Albatta... Marhamat!

—Rahmat, salomat bo'ling.

— Yoqimli mutolaa!

Avtobusda

Salom, yaxshi qiz!

— Salom?

— Ismingiz nima?

—Oygul, o'zingiznikichi?

— Nodir.Tanishganimdan xursandman.

—...

— O'qiysizmi?

— Ha, talabaman.

— Qayerda ?

— Sharqshunoslikda.

— Nahotki? Qaysi yo'nalish? Men ham shu yerda o'qiyman.

— Fransuz tili.

— Men esa arab tilida o'qiyman.

— Yaxshi. Men manzilimga yetib keldim. Salomat bo'ling.

— Xayr, ko'rishguncha.

Universitetda

—Assalomu alaykum, shu universitetda o'qiysizmi?

— Assalomu alaykum, ha shu yerda o'qiyman.

— Menga universitet kutubxonasini ko'rsatib yubora olasizmi, iltimos!

— Albatta, mana shu binodan chiqib, chapga burilasiz.

— Rahmat, nechanchi kursda o'qiysiz?

— 2-kursda o'qiyman. O'zingizchi?

— Men ustoz Bahodir Karimni izlab kelgandim.

— Ular kutubxonada ekanmi?

— Yo'q, ularning biron kitobini mutolaa qilib, so'ngra ustoz bilan ko'rishmoqchiman.

— Juda ajoyib!

— Rahmat, salomat bo'ling!

— Salomat bo'ling!

Yo'lda

— Salom! Mumkinmi?

—Assalomu alaykum, xizmat?

— Men 22-xonadonni qidirib yuribman. Menga ko'rsatib yubora olmaysizmi?

— Albatta.

— Bu yer nechanchi xonadon?

— Hozir 16-xonadondamiz. Yuring, men ham 22-xonadonda yashayman. Sizni kuzatib qo'yaman.

— Juda yaxshi! Rahmat sizga!

— Kimning uyiga kelyapsiz?

—Salim o'rtog'imnikiga.

— Iye, Salim mening qo'shnimku, qani yuring-chi!

—  ...

Qaysi ranglarni yoqtirasiz?

– Kechirasiz, bu koʻylak qancha turadi?

– Uch yuz ellik ming.

– Qanaqa ranglari bor?

– Hamma ranglaridan bor. Oʻlchamlar ham hammasi topiladi.

– Menga qaysi rang yarashar ekan? Maslahat berolmaysizmi?

– Qanday ranglarni yoqtirasiz?

– Menga oq, och havorang, kulrang, pushti ranglar yoqadi.

– Yoʻq, men sizga bu rangdagi liboslarni tavsiya qilmayman. Chunki siz biroz toʻlaroqsiz. Sizga yoqadigan ranglar sizni yana ham semiz koʻrsatishi mumkin. Bilasizmi, qora, jigarrang, siyohrang, toʻq koʻk va toʻq yashil ranglar ozgʻin qilib koʻrsatadi. Aynan mana shu rangdagi liboslarni tavsiya qilaman.

– Shunaqa deng, unday boʻlsa, menga qora yoki qizil ranglisidan bering.

– Sizning oʻlchamingizda qizil ranglisi tugab qolibdi. Mana, qorasi, kiyib koʻrishingiz mumkin, yoqmasa boshqasiga almashtirib beraman.

[Kiyim doʻkonidagi suhbatdan]

Oila a’zolari va qarindoshlar

– Bugun darsimizda oilamizni tanishtiramiz. Darsimizni savol-javob metodi orqali qiziqarli tarzda olib boramiz. Nigora oilangiz kattami?

– Ha, bizning oilamiz katta.

– Oilada necha kishisizlar?

– Oilada 6 kishimiz.

– Oilangiz a’zolarini aytib bering.

Bobom, buvim, dadam, oyim, akam va men.

– Ra`noning ham oilasi kattami?

– Yoʻq, ularning oilasi kichkina?

– Ra’noning oilasi necha nafar?

– Ra’noning ota-onasi, singlisi va oʻzi.

– Asadullohning oilasi haqida bilasizmi?

– Asadullohlarning oilasi juda katta . Bobosi, buvisi, dadasi, oyisi, amakisi, ammasi va Asadullohning jajji ukasi.

– Doʻstingiz Salimning akasi uylanganmi?

– Ha, Salimning akasi oila qurgan. Ikkita farzandi ham bor: bir qiz va bir oʻgʻil.

– Opasi turmushga chiqqanmi?

– Ha, Salimning opasi turmush qurgan. Pochchasi harbiy. Ularning egizak farzandlari bor.

– Demak, Salimning jiyanlari 4 nafarmi?

– Ha, shunday.

– Sening togʻang bormi?

– Ha, mening ikkita togʻam va uchta xolam bor.

Oila haqida

– Oila nima?

– Oila bu – jamiyatning bir boʻgʻini. Oilani bir  necha kishilarning qarindosh-urugʻchilik munosabatlariga asoslangan kichik bir jamoa deb ta’riflasa ham boʻladi.

– Oila kimlar oʻrtasida tashkil etiladi?

– Oila qonunchiligiga koʻra oila – er va xotinning oʻzaro roziligi asosida tuzilgan nikoh orqali tashkil topadi.

– Oila a’zolariga kimlar kiradi?

– Oila a’zolarini er, xotin va farzandlar tashkil etadi

Tanishuv

– Salom!

– Assalomu alaykum!

– Ismingiz nima?

– Mening ismim Sarvinoz. Sizniki-chi?

– Meniki Mohinur.

– Tanishganimdan xursandman.

– Men ham xursandman. Talabamisiz?

– Ha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻqiyman. Oʻzingiz-chi?

– Men ham talabaman. Tibbiyot institutida oʻqiyman.

– Bu kutubxonaga avval ham kelganmisiz?

– Ha, men bu kutubxonaga tez-tez kelaman. Bu – Toshkentdagi eng katta kutubxona. Sizga biror yordam kerakmi?

– Menga jahon adabiyoti boʻlimi qayerdaligini aytib berolmaysizmi?

– Jahon adabiyoti boʻlimi 3-qavatda.

– Roʻyxatdan oʻtish uchun qaysi xonaga murojaat qilinadi?

– Roʻyxatdan oʻtish uchun birinchi qavatdagi qabulxonaga uchrashasiz.

– Yordamingiz uchun rahmat!

 

*****

 

– Salom!

– Salom.

– Keling, tanishamiz. Ismim Mardon. Sizniki-chi?

– Mening ismim Gulbahor.

– Yoshingiz nechada?

– O‘n toʻqqizda. Sizniki-chi?

– Mening yoshim 24 da.

– Qayerda oʻqiysiz?

– Akademik litseyda oʻqiyman.

– Litseyning nechanchi bosqichidasiz?

– Ikkinchi bosqichida. Oʻzingiz ishlaysizmi?

– Ha, bankda ishlayman.

– Qanday lavozimda?

– Kredit boʻlimi bosh mutaxassisi.

– Tanishganimdan xursandman!

– Men ham siz bilan tanishganimdan xursandman

 

*****

 

– Assalomu alaykum.

– Salom.

– Shu uyda yashaysizmi?

– Ha, mana shu uyning 3-qavatida turaman.

– Biz oilamiz bilan 2-qavatdagi xonadonga koʻchib keldik. Mening ismim Jasur. Endi sizlar bilan qoʻshni boʻldik.

– Meniki Doston. Tanishganimdan xursandman. Bizning mahallamizga xush kelibsiz.

– Rahmat, xushvaqt boʻling.

– Qayerdan koʻchib keldingiz?

– Surxondaryodan.

– Men Navoiy viloyatidanman. Yuqori qavatdagi qoʻshnilarimiz esa Andijondan.

– Tanishganimdan xursandman!

– Men ham siz bilan tanishganimdan xursandman

 

*****

 

– Assalomu alaykum, hurmatli oʻquvchilar. Ruxsatingiz bilan oʻzimni tanishtirsam. Men ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Husnida Sulaymonova Haydarovnaman. Siz – aziz oʻquvchilar bilan bu yildagi ona tili va adabiyoti darslarini men olib boraman. Bugun tanishuv darsi. Demak, tanishuvni birinchi partadagi oʻquvchilar bilan boshlaymiz. Navbat bilan hammangiz oʻzingizni tanishtirasizlar. Marhamat.

 

–  Men 9-“A”sinf oʻquvchisi Akbarov Yodgor.

–  Men esa Salimov Sarvarman...

Salomlashuv

– Assalomu alaykum!

– Va alaykum assalom.

– Sizga kim kerak edi?

– Menga Dilshodbek kerak.  Dilshodbek bormi?

– Men Dilshod akaning oʻgʻliman. Dadam hozir uyda yoʻq. Ishga ketgan.  Siz kim     boʻlasiz?

– Men dadangni xizmatdosh doʻstiman. Ismim Ravshan.

– Tanishganimdan xursandman, Ravshan amaki.

– Dadang ishdan qachon qaytadi?

– Dadamning ish vaqti soat 400 da tugaydi. Soat 5 larda uyda boʻladi.

– Unday boʻlsa, dadang ishdan qaytganida mening kelganimni aytib qoʻy.

– Xoʻp, Ravshan amaki, uyga kiring, mehmonimiz boʻling.

– Yoʻq, taklifing uchun rahmat. Shoshilib turibman. Mana bu tashrif qogʻozida telefon raqamim yozilgan. Dadangga berib qoʻyarsan, men bilan aloqaga chiqsin. Zarur gapim bor dadangda. Iltimos.

– Hoʻp, kelganingizni dadamga, albatta, aytaman, yaxshi boring.

***

– Assalomu alaykum, Malika aya.

– Va alaykum assalom, qoʻshni, tinchmisizlar?

– Sogʻliqlaringiz yaxshimi? Bir necha kundan beri koʻrinmay qoldingiz?

– Ha, shukur, tinchmiz. Toshkentdagi singlim toʻy qildi. Toʻyga bordik.

– Ha, shunaqami!?  Toʻy qanday boʻldi?

– Toʻy juda yaxshi boʻldi, juda chiroyli toʻy boʻldi. Kelin-kuyov bir-biriga juda mos.

– Kelin-kuyov baxtli boʻlsin, ilohim!