Fonetika tovushlar tizimini o‘rganuvchi bo‘limdir. Nutq aʼzolari (o‘pka, nafas yo‘li, tovush paychalari, bo‘g‘iz, lakluk, burun bo‘shlig‘i, til, kichik til tanglay, tish va lab)ning talaffuz vaqtidagi harakati natijasida hosil bo‘ladigan tovushlar «nutq tovushlari»dir. Nutq tovushlari faqat insonda bo‘ladi va ular so‘z maʼnolarini ifodalash hamda farqlash uchun xizmat qiladi. Tovushni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz, harfni esa yozamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz. Oʻzbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosida 29 harf va 1 tutuq (‘) belgisi mavjud.
Harflar | Transkripsiya | Misol | |||
---|---|---|---|---|---|
A a | [a] | archa | |||
B b | [b] | bobo | |||
D d | [d] | daraxt | |||
E (Ye) e (ye) | [e]/[ye] | eshik | |||
F f | [f] | favvora | |||
G g | [g] | gilos | |||
H h | [h] | handalak | |||
I i | [i] | ikki | |||
J j | [j] | jo'ja | |||
K k | [k] | Kapalak | |||
L l | [l] | Laylak | |||
M m | [m] | Manti | |||
N n | [n] | Non | |||
O o | [o] | Olma | |||
P p | [p] | Pista | |||
Q q | [q] | Qor | |||
R r | [r] | Randa | |||
S s | [s] | Sabzi | |||
T t | [t] | Tol | |||
U u | [u] | Uy | |||
V v | [v] | Varrak | |||
X x | [x] | Xo'roz | |||
Y y | [y] | Yo'lbars | |||
Z z | [z] | Zebra | |||
O' o' | [o'] | O'roq | |||
G' g' | [g'] | G'ildirak | |||
Sh sh | [sh] | Shaxmat | |||
Ch ch | [ch] | Chayon | |||
Ng ng | [ng] | Bodring |