Siz shu yerdasiz: Asosiy|TAQLIDIY SО‘ZLAR

Shaxs, predmet va jonivorlarning tovushlariga, harakat va holatning kо‘rinishlariga taqlid bildiruvchi sо‘zlar taqlidiy sо‘zlar deyiladi. Taqlidiy sо‘zlar fikrni obrazli, ta’sirchan ifodalash uchun xizmat qiladi. Taqlidiy sо‘zlar ma’no xususiyatlariga kо‘ra ikki xil: Tovushga taqlid bildiradigan sо‘zlar , ish-harakatga taqlid bildiradigan sо‘zlar.

Tovushga taqlid bildiradigan sо‘zlar: qars-qurs, gumbur-gunibur, tap -tup, tapur-tupur, gurs-gurs, piqir-piqir, pix-pix kabi. Tovushga taqlid bildiruvchi sо‘zlar quyidagicha tovushlarga taqlidlarni ifodalaydi:

1. Insonga xos bо‘lgan tovushga taqlid bildiradi: piq-piq, qiqir-qiqir, inga-inga kabi.

2. Hayvonlarga va parrandalar tovushiga taqlidni bildiradi: miyov-miyov, ku-ku, g‘ur-g‘ur kabi.

3. Narsa va predlmetlarning harakati natijasida hosil bо‘ladigan tovushga taqlidni bildiradi. pish-pish, qars-qurs, tars-turs, sharaq-shuriq, gusur-gusur kabi.

Shu’la -harakatga taqlid bildiruvchi sо‘zlar ma’no jihatidan quyidagicha:

1. Shu’la-harakatning kо‘rinishiga taqlid bildiruvchi sо‘zlar: lip- lip, yalt-yult. U tramvay derazasidan lip-lip о‘tayotgan past-baland hovlilarga tikilganicha indamay ketaverdi. (О‘.U.) Bittasini qо‘liga olib aylantirgan edi, derazadan tushayotgan kichik shafaqda yalt-yult nur socha boshladi.(О‘.U.)

2. Predmetning kо‘rinishi, paydo bо‘lishiga taqlid bildiruvchi sо‘zlar: milt-milt, lapang-Iapang, mо‘lt-mо‘lt. Unga qarab turgan onaning yurak-bag‘ri ezilib, kо‘zlaridan mо‘lt-mо‘lt yosh dumaladi. (S.A.)

3. Kishi yoki predmetning holatiga taqlid bildiruvchi sо‘zlar: lang, dong, hang-mang, pish-pish. Dildor taxmondan kо‘rpa olib ustiga yopib qо‘ydi. О‘zi oyoq tomondan pish-pish uxlashiga qarab о‘tirardi.(S.A.)

4. Narsaning kо‘pligiga taqlid qilinuvchi sо‘zlar: g‘uj- g‘uj. G‘uj-g‘uj bо‘lib kelayotganiga qaraganda yoyilib yurgan qо‘ylar emas.(P.Q.) Taqlidiy sо‘zlar yakka holda: shaq, qars, gurs, gup, lip, yalt kabi hamda takrorlangan holda ham qо‘llaniladi.

Taqlidiy sо‘lar takrorlangan holda qо‘llalilsa sо‘zlarning ikkinchi qismi fonetik jihatdan о‘zgarishi mumkin: qars-qurs, hang- mang, paq-puq, g‘arch-g‘urch. 

Taqlidiy sо‘zlar sintaktik vazifa bajarish jihatidan mustaqil sо‘zlarga yaqin. Chunki taqlidiy sо‘zlar gapda barcha gap bо‘lagi vazifalarida keladi. Taqlidiy sо‘zlar otlashganda ega, tо‘ldiruvchi, о‘z holida aniqlovchi, hoi, kesim bо‘lib keladi. О‘rdak va qashqaldoqlarning g‘aq-g‘uqi olamni tutgan.(S.A.) Akajon kallangiz g‘ij-g‘ij aql-da.(T.Mai.) Jannat xola suratni olib, dag‘-dag‘ titrab turardi. (S.A.)

Taqlidiy sо‘zlardan ot, sifat, va fe’llar yasaladi: qarsak, g‘urra, yaltiroq, miltira, guppilla kabi.