Siz shu yerdasiz: Asosiy|UNDOV SО‘ZLAR

His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bо‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan sо‘zlar undov sо‘zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bо‘lmaydi.

Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bо‘lgan: ehhe, voy-bо‘y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, sо‘zlar ma’lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, dо‘sti nodon. Koshkiydi, kо‘zim kо‘r bо‘lsa-da, seni kо‘rmasam? (O.YO.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma’nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma’nolarini bildiradi.

Undovlar ma’no xususiyatiga kо‘ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg‘ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, о‘hо‘, ehe, attang, vodarig‘, rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg‘u bildirishida ohang muhimdir.

His-hayajon undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

 1. Shodlik, xursandchilik ma’nolarini ifodalaydi. О‘hо‘, zо‘r-ku. Egasi kim ekan? (О‘.U.) —Obbo, azamat-ey! Tо‘rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og‘ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U kо‘pdan beri shahzodadan qо‘rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.YO.)

2. Ta’kid va taajjublanish ma’nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb kо‘krak mushtlab kattaketmay qо‘yaqol! (О‘.U.) E, tavba! Nima va’da bergan ekan,hayronman! (О‘. U.)

3. Urf-odat ma’nolarini ifodalaydi. Jindek mizg‘ib olganingdan keyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)

Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan tо‘xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, hо‘sh-hо‘sh, kisht-kisht.

Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom о‘rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qо‘yding-ku. (S.A.)