Siz shu yerdasiz: Asosiy|YUKLAMALAR

Fikrning borliqqa bо‘lgan munosabatini bildirib, sо‘z vagaplarga turli modal ma’no qо‘shadigan yordamchi sо‘zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar о‘zi birikkan gapning ma’nosini ta’kidlab, kuchaytirib. chegaralab, sо‘zga ishonch, gumon, tasdiq, inkor ma’nolarini qо‘shish uchun ishlatiladi. Yuklamalar ham gap bо‘lagi vazifasida kelmaydi.

Yuklamalar shakl xususiyatlariga kо‘ra ikki xil: sо‘z yuklamalar, affiks yuklamalar. Sо‘z yuklamalar faqat, hatto, agar, nahot, nahotki, xuddi. Bular shakl jihatidan sо‘zlarga teng kelsa ham vazifa nuqtai nazaridan yuklamadir.

Affiks yuklamalar -gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -a, (-ya), -u, (-yu) , -da, -oq, -yo’q, -ku, -dir. Yuklamalar quyidagi modal ma’nolarni bildiradi:

1. Sо‘roq va taajjub yuklamalari -mi, -chi, -a (-ya), nahotki. Bu yuklamalar turli sо‘zlarga qо‘shilib sо‘roq ma’nosini, nahot, nahotki yuklamasi esa taajjubni ifodalaydi. Saltanatning gaplari-chi? Ularda haqiqat yo’g-mi? (О‘.U.)

2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari -ku, -u, (- yu), -da, oq, (yo’q), -ki (kim), axir, hatto, hattoki. Bu yuklamalar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi. M: Tolmas Azimovday insofli odamlar-ku, achinishadi": (О‘.U.) Bu gal eshik tezda ochildi-yu, ichkaridan professorlar hiqib keldi. ( О‘.U.)

3. Ayiruv va chegaralov yuklamalar -gina (-kina, -qina), faqat. Bu yuklamalar narsa-hodisani boshqalaridan ajratish, ish-harakatni chegaralash uchun ishlatiladi. Zebixon bu pachoqqina kо‘rimsizgina kamgap bolaning ichida shuncha gap borligini bilmagan ekan. (S.A.)

4. Aniqlov yuklamasi xuddi. Gap mazmunidan anglashiladigan voqea-hodisani boshqasiga о‘xshatish uchun ishlatiladi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.)

5. Gumon yuklamasi -dir. Bu yuklama gumon, noaniqlik ma’nolarini ifodalaydi. Shu payt birdan qо‘shiq tindi. Nimadir shitirladi. (S.A.)

Affiks yuklamalardan -gina (-kina, -qina), -dir, -oq(-yo’q), -mi sо‘zlarga qо‘shib yoziladi. Shu kuniyoq havoning aynib qolganligiga qaramasdan Naymanga qarab ketdi. (S.A. ) -ku, -chi, - da, -u (-yu), -a (-ya) yuklamalari sо‘zlardan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Tо‘ppa -tо‘g‘ri kirib kelaverganini. (О‘U.) Mulla Fazliddin pastroqda tо‘xtab, qо‘l qovushtirdi -yu, yengil bir ta’zim bilan javob berdi. (P.Q.)

Sо‘z yuklamalari axir, xatto, hattoki, faqat, nahot, nahotki, xuddi alohida holda yoziladi. Hosili о‘rib olingan bug‘doyzorlarda, hatto olis yaqindagi bog‘larda biron-bir odam qorasi kо‘zga chalinmas, hatto qirlarda mollar ham kо‘rinmas edi.(O.YO.)