Siz shu yerdasiz: Asosiy|KО‘MAKCHILAR

Ot yoki otlashgan sо‘zdan keyin kelib, shu sо‘zni boshqa bir sо‘z bilan birikishini ta’minlaydigan yordamchi sо‘zlar kо‘makchilar deyiladi. Kо‘makchi о‘zidan oldin kelgan sо‘z bilan birgalikda fe’lga bog‘lanadi. Kо‘makchili sо‘zning boshqa sо‘z bilan bog‘lanishi boshqaruvli bog‘lanishdir. Kо‘makchilar о‘zi bog‘langan sо‘zning ma’nosini tо‘ldirib keladi va shu boisdan о‘zi bog‘langan sо‘z bilan birgalikda bir gap bо‘lagi bо‘lib qoladi. Kо‘makchilar lug‘aviy ma’no ifodalamaydi, biroq grammatik ma’no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma’nosini, tomon yо‘nalish ma’nolarini anglatuvchi kо‘makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telyefon gо‘shagini kо‘tarib, kerakli bо‘lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mal.)

Kо‘makchilar kо‘pincha kelishik qо‘shimchalariga sinonim holda qо‘llaniladi. Masalan, Xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi. Kitobni о‘zim uchun oldim. Kitobni о‘zimga oldim.

Kо‘makchi aslida boshqa biror sо‘z turkumlaridan kо‘makchiga aylangan sо‘zlardir. Ularning ayrimlari о‘z mustaqil ma’nosini yо‘qotib, ayrimlari mustaqil ma’nosini qisman saqlagan holda kо‘makchiga о‘tgan. Kо‘makchilar mustaqil ma’nolarini yо‘qotish xususiyati va qaysi sо‘z turkumlaridan о‘tganligiga kо‘ra quyidagicha:

1. Sof kо‘makchilar.

2. Ot kо‘makchilar.

3. Fe’l kо‘makchilar.

4 Kо‘makchi otlar. Sof kо‘makchilar о‘z lug‘aviy ma’nolarini butunlay yо‘qotib tamoman kо‘makchiga aylangan sо‘zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi.

Bu kо‘makchilar boshqa sо‘zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.

Ot kо‘makchilar ot yoki ravishdan kо‘makchiga siljigan sо‘zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, sо‘ng, tashqari kabi.

Fe’l kо‘makchilar fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan kо‘makchiga о‘tgan: qarab, kо‘ra, yarasha, bо‘ylab, qaraganda kabi.

Kо‘makchilar kelishikdagi otlarni boshqa sо‘zga tomon boshqaradi. Kо‘makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha:

a)bosh kelishikdagi sо‘zni boshqaradigan kо‘makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bо‘ylab, uzra; 

b) jо‘nalish kelishigidagi otni boshqaradigan kо‘makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, kо‘ra, yarasha; 

c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan kо‘makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, sо‘ng, buyon, boshqa, tashqari.

Kо‘makchi otlar. О‘z lug‘aviy ma’nosini qisman saqlagan bо‘lib, ba’zi xususiyatlariga kо‘ra kо‘makchiga siljib qolganligi uchun kо‘makchi vazifasida qо‘llaniladigan otlar kо‘makchi otlar deyiladi. Kо‘makchi otlar о‘zidan oldingi sо‘zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi sо‘zlar kо‘makchi otlardir: old, orqa, ket, о‘rta, ich, opa, tag, ust, tepa, tо‘g‘ri, yuza, haq, xusus, huzur. Kо‘makchi otlar qaratqich, jо‘nalish, о‘rin-payt, chiqish kelishiklari qо‘shimchalarini olgan holda qо‘llanadi. M: Nizomjon nimalar bо‘layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S.A.) Balki u alam ustiga yolg‘on gapirgandir, a ? (T. Mal.) Tushga yaqin yomg‘ir tindi -yu, bulutlar orasidan kо‘m-kо‘k ocmon va issiq yoz oftobi kо‘rindi. (P.Q.)

Ular ma’no jihatdan quyidagicha:

1. Vertikal yо‘nalishdagi о‘rinni ifodalovchi kо‘makchi otlar: ost, ust, tag, tepa.

2. Gorizontal yо‘nalishdagi о‘rinni ifodalovchi kо‘makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, о‘rta, yon, uch, tashqari, huzur.

3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi kо‘makchi otlar: tо‘g‘ri, xusus, yuza