Siz shu yerdasiz: Asosiy|SIFAT SО‘Z TURKUMI

Sifat turkumi predmetning belgisini bildiradi. Qanday? Qanaqa ? Qaysi ? sо‘roqlariga javob bо‘ladi.  Sifat о‘zgarmaydigan turkum, son va kelishik kategoriyalari bilan turlanmaydi, kо‘plik -lar affiksini olmaydi.

Sifat darajasini uch gruppaga bо‘lish mumkin: 1) orttirma daraja: eng katta, kaatta; 2) chog‘ishtirma (qiyosiy) daraja: kattaroq; 3) ozaytirma daraja: sal katta.

Sifatlarning darajasi oddiy darajaga nisbatan belgilanadi. Bir predmetning belgisi ikkinchi bir predmetning belgisiga qiyosan olinishi mumkin. Bundan birining belgisi ortiq, biriniki kam bо‘ladi: M: Dugonamnikidan kattaroq uyda yashayman.

Morfologik yо‘l bilan  sifat yasovchi qо‘shimchalar:

a) sifat yasovchi old qо‘shimchalar (prefikslar): ser-, be-, ba-, bo-,  no-, bar-, bad-, g‘ayri-: M: serhosil, bema’ni, baodob, notо‘g‘ri, bardavom, badfe’l.

b) sifat yasovchi orqa qо‘shimchalar: -ik, -iq,  -siz, -day, -li, -chil, -chan, -ki... M: sensiz, iliq, uyday, suvli, taqchil, ishchan, qishki.