Siz shu yerdasiz: Asosiy|SО‘Z TURKUMLARI
Sо‘z turkumlari tilshunoslik tarixining eng qadimgi davrlaridayoq о‘rganish obyekti bо‘lgan edi. Qadimgi Yunon tilshunosligidayoq sо‘z turkumlari tushunchasi shakllana boshlagan.
Sharq tilshunosligida antik tilshunoslik bilan mushtarak tomonlar anchagina. Xususan, hind va arab tilshunoslarining qarashlari antik tilshunoslarnikiga anchagina yaqin keladi. Masalan, hindlar tо‘rt a’zoli, arablar uch a’zoli paradigma ajratganlar. Hindlar ot va fe’l asosiy sо‘z turkumlaridan tashqari kо‘makchi va yuklamani ajratgan bо‘lsalar, arablar yuklamanigina ajratadilar. Arab tilshunosligi an’analariga asoslanib dastlabki turkiyshunoslar ham uchta sо‘z turkumini ham ajratadilar. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariylarda ham ana shunday uchlik kuzatiladi. Keyinchalik, A.Navoiy ham ana shunday uchta sо‘z turkumini ajratgan, biroq о‘z navbatida ot va fe’l turkumiga xos jihatlarni aynan turkiy tillar xususiyatlariga asoslanib ancha mukammal izohlab bera olgan. Yana shunga e’tibor berish lozimki, bu uchta sо‘z turkumi ichki bо‘linish xususiyatiga ega. Xususan, Mahmud Koshg‘ariy arab tilshunosligi vorisi sifatida an’anaviy uchta turkumni ajratsa-da, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, kо‘makchi va undovlarni ancha izchil farqlagan.
Sо‘z turkumi, nomidan ma’lumki, sо‘zlardan tuzilgan bо‘lishi shubhasiz.
Oʻzbek tilida sо‘zlarni turkumlarga ajratilishda ularning qanday sо‘roqqa javob bо‘lishiga qarab, mustaqil, yordamchi va oraliq sо‘zlarga bо‘linadi.
MUSTAQIL SО‘Z TURKUMLARI
|
№ |
Soʻz turkumi |
Soʻrogʻi |
Namuna |
|
1 |
Ot |
Kim?, Nima? , Qayer? |
Ahmad, uy, О‘zbekiston |
|
2 |
Sifat |
Qanday? Qanaqa ? Qaysi ? |
Katta, notо‘g‘ri, bardavom, badfe’l |
|
3 |
Son |
Necha? Nechanchi? Nechta? Qancha? |
tо‘qson, yuz, ming, million, milliard. |
|
4 |
Olmosh |
0 |
barcha, hamma, ular, bu, qancha ? |
|
5 |
Ravish |
Qanday? Qanaqa? Qancha? Qay holatda? Qay tarzda? Qachon? |
tez, kecha, oldin, kо‘p |
|
6 |
Fe’l |
Nima qilmoq? Nima qiladi? Nima qildi? Nima qilmoqchi? Nima qilgan? |
bordi, keldi, о‘qigan, turibdi, о‘qidi |
YORDAMCHI SО‘Z TURKUMLARI
|
№ |
Soʻz turkumi |
misollar |
|
1 |
Kо‘makchi |
uchun, bilan, kabi, sayin, singari, ilgari, oldin, keyin, sо‘ng, tashqari |
|
2 |
Bog‘lovchi |
ba’zan, vaqtida, hali, goh (goho) va, -u/-yu, hamda |
|
3 |
Yuklama |
-gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -a, (-ya), -u, (-yu) , -da, -oq, -yo’q, -ku, -dir. |
ORALIQ SО‘ZLAR
|
№ |
Soʻz turkumi |
misollar |
|
1 |
Modal sо‘zlar |
darhaqiqat,shubhasiz, xoynaxoy,rostdan. |
|
2 |
Undov sо‘zlar |
ehhe, voy-bо‘y, voy-voy, e-ha, e-voh |
|
3 |
Taqlid sо‘zlar |
miyov-miyov, ku-ku, g‘ur-g‘ur, lip- lip, yalt-yult. |